O`zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlariga asosan 13 may – payshanba kuni Ramazon hayitining birinchi kuni, 14-15 may kunlari qo`shimcha dam olish kunlari sifatida belgilanganini inobatga olib, umumta`lim muassasalarida 13-15 may kunlariga rejalashtirilgan dars mashg`ulotlarini joriy o`quv yili yakuniga qadar tig`izlashtirgan holda o`tiladi. Bu haqda Xalq ta`limi vazirligi xabar berdi.
Ushbu tig`izlashtirilgan mavzular sinf jurnallariga qayd etiladi.