1

Farg‘onadagi o‘nlab bog‘chalarga sifatsiz go‘sht mahsulotlari yetkazib berilgani aniqlandi

Jamiyat 11.05.2021, 20:09
Farg‘onadagi o‘nlab bog‘chalarga sifatsiz  go‘sht mahsulotlari yetkazib berilgani aniqlandi

Farg`ona viloyatidagi o`nlab maktabgacha ta`lim tashkilotlariga etkazib berilayotgan go`sht mahsulotlari sifati qoniqarsiz  ekani aniqlandi. Bu haqda Farg`ona viloyati hokimligining Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning topshirig`iga asosan, Farg`ona viloyati shahar  va tumanlaridagi 823 ta maktabgacha ta`lim muassasasiga etkazib berilayotgan go`sht mahsulotlarining iste`molga yaroqliligi, sifati va o`z vaqtida etkazib berilishi yuzasidan o`rganish olib borildi.

O`rganish natijasida Beshariq tumanida 15 ta, Quva tumanida 9 ta, Marg`ilon shahrida 8 ta, Quvasoy shahrida 6 ta, Farg`ona shahrida 2 ta, Oltiariq va Farg`ona tumanlarida 1 tadan maktabgacha ta`lim tashkilotiga etkazib berilgan go`sht mahsulotlarining sifati qoniqarsiz ekani, tarkibida suyak va mol yog`i miqdori belgilangan me`yor talablaridan yuqori ekani aniqlandi.

Xususan, Farg`ona shahrida va  Farg`ona tumanida “Volida” f/x tomonidan,  Beshariq tumanida “Oybek Aziya chorva” d/x hamda “Business Company Invest” MChJ tomonidan, Marg`ilon shahrida “Qubbo tayyorlov ta`minoti” MChJ tomonidan, Quva tumanida “Isaqjon Tojiboevich Toshboev” d/x, “Qubbo tayyorlov ta`minoti” MChJ, “Ideal panper” MChJ hamda “Quva shukronasi” MChJ tomonidan MTTlarga etkazib berilgan muzlatilgan go`sht mahsulotining  sifatsizligi hamda tarkibida suyak va mol yog`i miqdori belgilangan me`yor talablaridan yuqori ekani, ba`zi hollarda muzdan erishi oqibatida ortiqcha suv ajralib, taom sifatiga ta`sir qilayotgani ma`lum bo`ldi.

Ushbu ta`minotchilarga qonun doirasida tegishli choralar ko`riladi. Shuningdek, bu masalada ushbu tumanlar maktabgacha ta`lim bo`limlari rahbarlarining hamda sifatsiz go`sht mahsulotlarini qabul qilib kelgan bog`cha mudiralari bilan bog`liq manfaatlar to`qnashuvi hamda korrupsiya holatlari mavjud yoki mavjud emasligi yuzasidan tekshiruv o`tkaziladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1