Anchadan beri kinofilmlarda ko`rinmay qolgan aktyor Alisher Uzoqov ijtimoiy tarmoqlar orqali bo`lsa ham muxlislari bilan virtual muloqotda bo`lib turadi.
Uning Facebook ijtimoiy tarmog`iga joylagan navbatdagi surati va unga yozilgan sharhi uning xotiralari bo`ldi. Aktyor sog`ingan insonini yodga oldi va bu haqda quyidagi so`zlarni yozib qoldirdi.

Alisher Uzoqovning sog`ingani kim? Buni quyidagi izohdan bilib olishingiz mumkin.
“Mu5” telekanalidan men hurmat qilgan san`atkor Nasiba Abdullaeva ijrosidagi "Umr bahori" taronasiga ishlangan klip namoyish etildi. Otamni kurdim... Otamni juda ham sog`indim... Qani hozir yonimda bo`lganlarida... Balki hammasi boshqacha bo`larmidi. Otam suyanchig`im...”, aktyor o`z so`zlarini shundayo deya yakunladi.
Alisher Uzoqovni saytimizga intervyuga chorlaganimizda, u imkoni yo`qligi sababli hozir intervyu berolmasligini ma`lum qildi.





