AsosiyDunyo

7 nafar bola halok bo`ldi, 20 kishi jarohat oldi — Qozondagi maktabda sodir bo`lgan otishma qanday sodir bo`ldi?(video)

'7 nafar bola halok bo`ldi, 20 kishi jarohat oldi — Qozondagi maktabda sodir bo`lgan otishma qanday sodir bo`ldi?(video)'ning rasmi

Bugun, 11 may kuni ertalab 19 yoshli o`quvchi Tataristonning Qozon shahridagi 175-gimnaziyaga 28 aprel kuni ruxsat olgan qurol bilan kirib, o`q uzdi va u yolg`iz harakat qildi;

Otishma natijasida 7 bola va o`qituvchi otishma qurbon bo`ldi, yana 16 bola va 4 ta  gimnaziya xodimlari jarohat oldi.

Voqea joyiga xavfsizlik kuchlari etib keldi, aksilterror operasiyasi rejimi joriy etildi, qotillik bo`yicha jinoyat ishi Tergov qo`mitasining markaziy apparati tomonidan qabul qilindi.

RF prezidenti V. Putin halok bo`lgan 7 o`quvchining oila a`zolariga hamdardlik bildirdi. Tataristonda 12 may motam kuni deb e`lon qilindi.

Rossiya gvardiyasi boshlig`iga qurollarning fuqarolik muomalasi bo`yicha yangi reglamentni ishlab chiqish topshirildi.

Motam munosabati bilan Qozon maktablarida dars bo`lmaydi.

Risolat MAXSIMOVA tayyorladi

    Boshqa yangiliklar