AsosiyShou-biznes

Rejissyor Zulfiqor Musoqovdan yangi film: “Xazonrezgi”

Rejissyor Zulfiqor Musoqov “Xazonrezgi” nomli yangi badiiy filmni suratga olish ishlarini yakunladi. Bu haqda “Daryo” nashri xabar bermoqda

17 mart, juma kuni Toshkentdagi Kinochilar uyi va Alisher Navoiy nomli kino saroyida film premerasi bo`lib o`tadi.

“Xazonrezgi”da Shahzoda Matchonova, Bobur Yo`ldoshev, Xayrulla Sa`diev, Abduxalil Mignorov, Jumadulla Rametov, Bahriddin Abdullaev, Husnora Hojimurotova, Baxtiyor Rahimov, Feruza Saidova, Kamoliddin Karimov, Omina Chavandozova, Minovar Abdullaeva, Ulug`bek Dadajonov, Kristina Korubko, Muzaffar Shodiev kabi aktyorlar suratga tushgan.

Film suratga olingan “O`zbekfilm” kinostudiyasi ma`lumotlariga ko`ra, hayotning zarbalaridan so`ng endi bir maromda yashay boshlagan oddiy bir oilaning hayotini bir telefon qo`ng`irog`i o`zgartiradi. Ssenariy muallifi — Zulfiqor Musoqovning o`zi.

«Ssenariy Qurbon aka (bosh qahramon)ning uyida chalingan telefon qo`ng`irog`i bilan boshlanadi va qolgan voqealar shu qo`ng`iroq bilan bog`liq holda davom etadi. Flesh-bek usuli orqali tomoshabin film boshidagi tushunarsiz telefon qo`ng`irog`ining sababini tushuna boshlaydi. Turli voqealarga sakrash natijasida tomoshabinlarda uyg`ongan barcha savollarga javob beriladi», — deyiladi “O`zbekfilm” xabarida.

Filmga Azizbek Arziqulov operatorlik qilgan, musiqasi Mariya Musoqovaga tegishli. Sahnalashtiruvchi rassom — Fazliddin Turdiev, liboslar bo`yicha rassom — Irina Litvinenko, Montaj ustasi — Timur Suslin, Grimchi-rassom — Sheroza Saidazizova, ovoz operatori — Furqat Hasanov.

    Boshqa yangiliklar