Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati ma`lum qilishicha, Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan “Ayritom” chegara-bojxona postida giyohvandlik vositalarini noqonuniy ravishda olib kirish uchun o`z hayotini xavfga qo`ygan shaxsni to`xtatib qolishdi.
Postga piyoda ravishda kirib kelgan qo`shni davlat fuqarosi M.A. inson tana a`zolarini skanerlash qurilmasi ko`magida ko`zdan kechirilganida, uning organizmida yot jismlar – kapsulalar mavjudligi aniqlandi.
Shundan so`ng Termiz shahridagi tibbiy muassasalardan birida shifokorlar ko`magida ushbu shaxsning ichidan 47 dona skotchlangan o`ramlar chiqarib olindi.
Mazkur o`ramlar belgilangan tartibda ochib ko`rilganida esa, ularning ichiga 423, 42 gr. og`irlikdagi “opiy” hamda 17 dona oq rangli tabletkalar joylangani ma`lum bo`ldi.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.






