AsosiyJamiyat

Yurtimizning yirik shaharlarida 24 soat faoliyat yuritadigan ko`ngilochar ko`chalar tashkil etiladi

'Yurtimizning yirik  shaharlarida 24 soat faoliyat yuritadigan ko`ngilochar ko`chalar tashkil etiladi'ning rasmi

️Prezident qarori bilan 2021 yil 1 sentyabrga qadar yirik shaharlarda, viloyat va tuman markazlarida savdo va ko`ngilochar ko`chalar tashkil etiladi. Savdo va ko`ngilochar ko`chalarda barcha tadbirkorlik sub`ektlariga 24 soat mobaynida tunu kun faoliyat yuritish huquqi beriladi.  

Tiklanish va taraqqiyot jamg`armasidan xizmatlar sohasini rivojlantirish uchun tijorat banklariga 300 million AQSh dollari ekvivalentida kredit liniyasi ochiladi. “O`zmilliybank” 2021 yil yakuniga qadar xalqaro moliya institutlarining 200 million AQSh dollari miqdoridagi mablag`larini jalb qiladi.

2021-2023 yillar davomida tuman (shahar)larda 15 ta dehqon bozori va 115 ta savdo komplekslari barpo etiladi. Yangi tashkil etiladigan dehqon bozorlari va savdo komplekslari ustav kapitalida mahalliy davlat hokimiyati organlarining majburiy ishtiroki bekor qilinadi.

10 ta yo`l-patrul xizmati va bojxona postidagi erlar engil turdagi savdo va xizmat ko`rsatish sub`ektlarini joylashtirish uchun tadbirkorlarga 3 yilga ijaraga beriladi. Bu nuqtalar asosan haydovchilarga xizmat ko`rsatadi.

    Boshqa yangiliklar