AsosiyJamiyat

YaIM, Sanoat, Qishloq xo`jaligi, daromadlar va soliq tushumlari o`sgan. Ammo iqtisodiy o`sish sur'atlari past — Prezident yig`ilish o`tkazmoqda

'YaIM, Sanoat, Qishloq xo`jaligi, daromadlar va soliq tushumlari o`sgan. Ammo iqtisodiy o`sish sur'atlari past — Prezident yig`ilish o`tkazmoqda'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev ishtirokida makroiqtisodiy vaziyat, hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy o`sishni ta`minlash masalalariga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishi boshlandi. Bu haqda “Darakchi” muxbiri Sardorbek Rahmonqulov ma`lum qilmoqda.

Murakkab pandemiya sharoitida, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlarni har tomonlama qo`llab-quvvatlaganimiz natijasida, iqtisodiy barqarorlikni, ishlab chiqarish ko`rsatkichlari va ish o`rinlarini saqlab qolishga erishdik”, - dedi davlat rahbari.

Jumladan, birinchi chorakda:

  • yalpi ichki mahsulotimiz 3 foizga;
  • sanoat – 3,8 foizga;
  • qishloq xo`jaligi – 3,1 foizga o`sdi.
  • Davlat byudjeti daromadlari prognozga nisbatan 1,9 trillion so`mga (5,7 foiz), jumladan soliq tushumlari 1,5 trillion so`mga (6,1 foiz) ko`paydi.
  • Eksport hajmi yanvar-aprel oylarida 3,2 milliard dollarni (prognozga nisbatan 17 foizga ko`p) tashkil qildi.

Shu bilan birga, joriy yil uchun reja qilingan 5,1 foiz iqtisodiy o`sish ko`rsatkichi hudud va tarmoq salohiyatiga nisbatan ancha past.Ayrim tarmoq va hudud rahbarlari yaratib berilgan imkoniyatlardan ham to`liq foydalana olishmagan. 

Misol uchun, birinchi chorakda:

  • “O`zavtosanoat”da ishlab chiqarish hajmi 40 foizga;
  • “O`zbekneftgaz” – 4,7 foizga;
  • charm mahsulotlari  – 10 foizga;
  • 74 ta yirik hududiy korxonada ishlab chiqarish hajmi o`tgan yilga nisbatan 1,1trillion so`mga kamaygan.

Jumladan, Toshkent shahrida – 23ta (390 milliard so`m), Farg`onada – 4ta (367 milliard so`m), Qashqadaryoda – 6ta (143 milliard so`m), Toshkent viloyatida – 12 ta (87 milliard so`m), Buxoroda – 5ta (22 milliard so`m), Samarqandda – 4ta (18 milliard so`m), Surxondaryoda – 9ta (17 milliard so`m), Namanganda – 3ta (13,5 milliard so`m). 

So`nggi bir yilda dori-darmon va tibbiyot buyumlariga ehtiyoj keskin oshgan bir paytda, farmasevtika mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 22 foizga kamayishini, qanday izohlash mumkin?” – dedi Prezident.

Videoselektor davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar