AsosiyJamiyat

Qo`ng`ir ayiqni otishga ruxsat bergan qo`mita raisining o`zidan ekologiyani asrash kerak – deputat

'Qo`ng`ir ayiqni otishga ruxsat bergan qo`mita raisining o`zidan ekologiyani asrash kerak – deputat'ning rasmi

Davlat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo`mitasi raisining imzosi bilan Rossiya fuqarosiga 2 dona O`zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi»ga kiritilgan Tyanshan qo`ng`ir ayig`ini otishga Rossiya  Federasiya fuqarosi Shirokovu E.Pga ruxsatnoma berilgan.  

Mazkur holatga Oliy Majlis Qonunchilik palatasining deputati Rasul Kusherbaev o`z munosabatini bildirdi.

" – Ekologiya qo`mitasining vazifasi HAYVONOT VA O`SIMLIKLAR DUNYoSINI asrashdan iborat. Lekin bu ish hammasining aksini ko`rsatayapti. Qo`mita rahbarining o`zi ashaddiy bronkon`er va bronkon`erlikni qo`llab quvvatlaydigan shaxs ko`rinadi.  

Afsus bu kishini Qonunchilik palatasida ushbu lavozimga tasdiqlashda ekologiyani saqlashga hissa qo`shsa kerak degan fikr bor edi. Endi esa ekologiyani u kishining o`zidan asrash kerak ekan.

Bu masalada parlament nazorati kerak nazarimizda. Qo`mita raisi tushuntirish berishi lozim", – deydi xalq vakili. 

 

    Boshqa yangiliklar