AsosiyDunyo

Xitoyda ro`yxatga olingan aholining soni 1,5 milliardga yaqinlashdi

'Xitoyda ro`yxatga olingan aholining soni 1,5 milliardga yaqinlashdi'ning rasmi

Xitoy Xalq Respublikasi aholini ro`yxatga olish natijalarini e`lon qildi. Bu haqda O`zbekiston Davlat statistik qo`mitasining Matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko`ra, mamlakat aholisi 2021 yil boshiga 1,411 mlrd. kishi tashkil etgan.  

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Respublikasida aholini ro`yxatga olish jarayonlari 2023 yil 1-25 noyabr kunlari o`tkazilishi belgilangan.  

 Aholini sinov tariqasida ro`yxatga olish tadbiri 2021 yil 1-25 noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo`jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida amalga oshiriladi.

 Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yilning 1 aprel holatiga ko`ra, respublikaning doimiy aholisi soni qariyb 34,7 mln. kishini tashkil etmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar