Ijtimoiy tarmoqlarda “Uychi tuman IIB xodimlari tomonidan menga nisbatan kuch ishlatildi” izohi bilan xabarlar tarqaldi.
Ushbu tarqalgan axborot yuzasidan Namangan viloyati IIBning rasmiy munosabat bildirdi.
Unga ko`ra, murojaat muallifi M.A. joriy yilning 6 may kuni tuman hokimligi binosiga Senat raisi Tanzila Norboeva kelib, yig`ilish o`tkazayotgan vaqtda uning qabuliga kirmoqchi bo`lgan. Shu vaqtda eshik oldida turgan tuman hokimligi va tuman IIB xodimlari M.A.dan nima maqsadda kelganligini so`ragan. Fuqaro M.A. “Shaxsiy masalada keldim” deb, maqsadini yashirganligi bois, unga tuman hokimligi vakillarigamurojaati bo`lsa, qabul ro`yxatiga yozilishini va unga yordam berilishini, nojo`ya hatti-harakat sodir etmasligi bo`yicha tushuntirish berilgan. Biroq, M.A. shu kuni tuman hokimligi binosidan senat raisi T.Narbaeva mashinasida chiqib kelayotgan vaqtida transport vositasi oldiga o`zini tashlamoqchi bo`lgan va tuman hokimligi vakillari hamda xodimlar tomonidan ushlab qolingan.
Shundan so`ng, ushbu holat bo`yicha IIB xodimlari M.A.ga qonuniy tarzda tushuntirish ishlari olib borishgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar yuzasidan M.A.ning o`zi bilan suhbat olib borilganda, 6 may kuni undan xodimlar tomonidan tushuntirish xati olinganligidan qo`rqib ketganligi va rasmiylashtirilgan materiallar ma`muriy tartibda ko`rish uchun sudga yuborilmasligini oldini olish maqsadida ushbu axborotni tarqatganligini ma`lum qilgan hamda ushbu harakatidan pushaymonligini bildirdi.
Bundan tashqari M.A.ning fuqaro M.O. hatti-harakatlariga qonuniy baho berilishini so`rab, tuman IIB boshlig`i nomiga yozgan arizasi yuzasidan hozirda surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






