Bu haqda Bu haqda videoselektor yig`ilishidan ma`lum qilindi.
" – Meni nima qiynaydi desangiz, aytaman: maktabdagi sharoit. Maktabdagi ahvollarni ko`rsa, odam tavba deb yuboradi. Shu 4 yilda maktabga juda ko`p e`tibor berdik, ammo muammolar hali ham ko`p. Kamchiliklarni 27 yil ko`rib-ko`rmaslikka olganmiz. Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqanddagi maktablarning ahvolini yaxshi bilaman.
Uchinchi Renessansga poydevor quryapmiz, deyapmiz. Agar mablag`larni to`g`ri sarflab, kelajagimiz bo`lgan maktablarga birinchi navbatda yo`naltirmasak, kitobini, sharoitini, o`qituvchining ish haqini joy-joyiga qo`ymasak, niyatimizga erisha olmaymiz.
Hozirning o`zida maktabni ta`mirlash, uyoq-buyog`ini suvash uchun 30 trillion so`m kerak bo`lyapti. Bir paytlar partani olib borib qo`yib, maktab filiallari ochilgan. Bu hozir katta muammoga aylanyapti: bunday maktablar filiallarida o`qigan bolalarning bilimi, o`qituvchilarning saviyasi, oyligi, sharoiti qanday bo`ladi - bunga javob yo`q. Bu faqat maktab ta`limining o`zidagi muammolar. Shermatov (Xalq ta`limi vaziri)ni oldimga chaqirsam, sharoitni yaxshilash uchun 30 trillion mablag` kerak, deyapti. Bu kitob-u partasini hisobga olinmaganda, faqat ta`mirlash uchun ketadigan mablag`. Xadjibaev (sog`liqni saqlash vaziri)ni chaqirsam, 60 trillion so`m kerak, deyapti. Bu pullarni qaerdan olamiz?", – dedi davlatimiz rahbari.
Davlatimiz rahbari bu kabi yillar davomida to`planib qolgan dolzarb ijtimoiy muammolarni bartaraf etish uchun avvalo o`z vaqtida soliq tushumlarini ta`minlash zarurligini ta`kidlab, mablag`larni maqsadli sarflash nazoratini kuchaytirish bo`yicha topshiriq bergan.






