Navoiy viloyatida istiqomat qiluvchi fuqaro ikki bolali ayolning hayotini saqlab qolishda yordam so`rab Oliy Majlis Senatiga murojaat qilgan edi.
Ushbu holat Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo`mitasi tomonidan o`rganildi. O`rganishlar davomida chindan ham Navoiyda istiqomat qiluvchi 1987 yilda tug`ilgan M.Boboqulova og`ir xastalikni boshidan kechirayotgani va kasallikni davolash uchun jarrohlik amaliyotini o`tkazish zarur ekanligi, ammo etarli mablag`i bo`lmaganligi sababli ushbu jarrohlik amaliyoti 2 yildan buyon o`tkazilmayotganligi aniqlandi.
Mazkur holat bo`yicha Senat nazorati ostida Navoiy viloyati hokimligi tomonidan ushbu ayolni davolash, zaruriy muolaja va jarrohlik amaliyotini o`tkazish uchun kerak bo`ladigan 44 million so`m pul mablag`i to`lab berilishi ta`minlandi. Ayni vaqtda ayol Toshkent shahridagi shifoxonada tibbiy xizmatdan bepul foydalanmoqda.






