“Toshkent metropoliteni” UK metropoliten yo`lovchilari diqqatiga muhim xabarni e`lon qildi.
Unga ko`ra, ertaga, 13 may kuni, Ramazon hayiti bayrami nishonlanishi munosabati bilan Toshkent metropolitenning barcha yo`nalishlari soat 04:00 dan ish boshlaydi. Poezdlar orasidagi oraliq vaqti 8-10 daqiqani tashkil etadi.






