Yaxshi shifokor ma`lum dardlarning davosini biladigan, agar o`ziga noma`lum kasallik bo`lsa, bemorga yordami tegadiganlarni chaqiradigan kishidir.
Jan de Labryuyer
***
Ayrim dori-darmonlar dardning o`zidan ko`ra ham xavfliroqdir.
Seneka
***
Dono odam dardiga malham qidirib yurgandan ko`ra, kasallikni o`ziga yo`latmaydi.
Tomas Mor
***
Mehnat bilan me`yor — insonning eng sodiq shifokori mana shu: mehnat ishtahani ochadi, nafsni tiyish esa, ishtahani suiiste`mol qilmaslikka garov bo`ladi.
Jan-Jak Russo
***
Eng yaxshi dori - hordiq va nafsni tiyishdir.
Bendjamin Franklin
***
Kishining kuchdan qolishi emiruvchi yillar kasri emas, ko`pincha bebosh yoshlikning asov g`alayonlari oqibatidir. Yoshlikdagi maishiy tiyiqsiz nafs keksalikka shalviragan tanani hadya etadi.
Siseron
***
Hech kim umri qisqa bo`lib tug`ilmaydi, uni o`zimiz qisqartiramiz. Umrimiz tugal, ammo uni biz elga sovuramiz. Agar oqilona foydalanilsa, umr juda uzoq davom etadi.
Seneka
***
Baxtimizning o`ndan to`qqiz ulushi sog`ligimizga bog`liq.
Artur Shopengauer
***
Jisman baquvvat odam issiqqa ham, sovuqqa ham bardosh beradi. Xuddi shuningdek, ruhan tetik odam g`azabga ham, qayg`uga ham, shodlikka ham, boshqa kechinmalarga ham chidaydi.
Epiktet