1

10-sinf o`quvchisi firibgarlik yo`li bilan plastik kartadan millionlab pullarni echib oldi

Jamiyat 13.05.2021, 13:47
10-sinf o`quvchisi firibgarlik yo`li bilan plastik kartadan millionlab pullarni echib oldi

25 aprel kuni olib borilgan tekshiruv harakatlari davomida noma`lum shaxs tomonidan internet tarmog`ida o`zganing mulkini aldash, ishonchni suiiste`mol qilish yo`li bilan qo`lga kiritish maqsadida “Telegram” messendjeri orqali kiyim-kechak savdosi bilan shug`ullanib keluvchi turli guruh administratorlari bilan yozishmalar sodir etib, plastik kartalaridan pullarini echib olayotganlik holati aniqlandi. Bu haqda IIV Tezkor-qidiruv hamkorligi boshqarmasi xabar bermoqda. 

Buyumlarni sotib olaman deb odamlarning ishonchiga kirgan ushbu noma`lum shaxs “Telegram” messendjerida fuqaro A.S. tegishli bo`lgan kiyim-kechak savdosi bilan shug`ullanuvchi guruhida, noma`lum profil egasi tomonidan “Qarshiga dostavka bormi, agarda bor bo`lsa klik orqali pul o`tkazib beraman, “click” tizimiga ulangan telefon raqamingizni ayting, telefoningizga kod borishi kerak, ushbu kodni aytsangiz pulingiz tushadi” degan ma`nodagi yozishmalarni amalga oshirish orqali noma`lum shaxs tomonidan 2021 yil 19 mart kuni soat 20:42 larda 2.419.000 so`m miqdoridagi pul mablag`ini ruxsatsiz echib oladi.

Olingan tezkor ma`lumotlar natijasida, 2021 yil 25 aprel kuni Toshkent viloyati, Qibray tumani hududida O`zbekiston Respublikasi IIV Kiberxavfsizlik markazi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur noqonuniy harakatni Toshkent viloyatida yashovchi, 2004 yilda tug`ilgan 17 yoshli 10-sinf maktab o`quvchisi X.D. sodir etganligi aniqlanib, unga tegishli bo`lgan bir dona “Xiaomi Redmi Note 8 Pro” markali telefon qurilmasi ashyoviy dalil tariqasida tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Fuqaro X.D.  Farg`ona viloyati Farg`ona shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1