1

Bugun O`zbekistonda harorat ko`tariladi va shamol bo`ladi

Jamiyat 14.05.2021, 07:34
Bugun O`zbekistonda harorat ko`tariladi va shamol bo`ladi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekistonda yog`ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Havo harorati 28-33° atrofida bo`lishi saqlanib turadi.

Poytaxtimizda havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 29-31° bo`ladi.

Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 17-22° bo`ladi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1