1

Urgutda fuqaro uyida Hayit bayramini nishonlab, qarindoshlari ustidan pul sochdi va keyin uzr so`radi (video)

Jamiyat 14.05.2021, 08:20
Urgutda fuqaro uyida Hayit bayramini nishonlab, qarindoshlari ustidan pul sochdi va keyin uzr so`radi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda urgutlik yigitning pul sochayotgani aks etgan lavha ko`plab yurtdoshlarimiz orasida turli muhokamalarga sabab bo`ldi.

Holat Samarqand viloyati IIB tomonidan o`rganib chiqildi.

Aniqlanishicha, Urgut tumani “Vag`ashti” mahallasida yashovchi, 1991 yilda tug`ilgan N.J. Ramazon hayiti munosabati bilan qarindosh va qo`shnilarini mehmondorchilikka chaqirib, ularning farzandlarini xursand qilish maqsadida ustilariga pul sochgan. 

N.J. bilan olib borilgan suhbat davomida u qilgan ishidan chin ko`ngildan pushaymonligini bildirdi.

Fuqaro va uning yaqin qarindoshlari bilan kelgusida bu kabi holatlarga yo`l qo`ymaslik borasida profilaktik suhbat o`tkazilib, fuqaroga nisbatan tegishli tartibda ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1