1

Ramazon hayiti bayrami munosabati bilan chegirmalar e`lon qilindi

Jamiyat 14.05.2021, 13:10
Ramazon hayiti bayrami munosabati bilan chegirmalar e`lon qilindi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 dekabrdagi «2021 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo`shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko`chirish to`g`risida»gi PF-6122-sonli Farmoni hamda 2021 yil 10 maydagi «Ramazon hayitini nishonlash to`g`risida»gi PQ-5110-sonli qarori bilan 13 may kuni Ramazon hayiti (Iyd al-Fitr) bayrami munosabati bilan mamlakatimizda 13-14-15 may kunlari qo`shimcha dam olish kunlari etib belgilanganligi munosabati bilan turizm sohasi vakillari tomonidan turli chegirmalar e`lon qilindi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, 13-14-15 mayda aholining dam olish kunlarini maroqli tashkil etish, ichki turizm yo`nalishida sayohatlarga jalb etish maqsadida, turizm sohasidagi tadbirkorlik sub`ektlari tashabbusi bilan respublikadagi 237 ta mehmonxona va mehmon uyi xizmatlari uchun 3-40 % gacha hamda 141 ta umumiy ovqatlanish joyidagi xizmatlarga 5-43 % gacha foizgacha ixtiyoriy chegirmalar joriy etildi.

Turizm maskanlariga kirish chiptalari uchun (ziyoratgoh, madaniy meros ob`ektlari, muzey va boshqa) 46 ta madaniy meros ob`ektlariga (44 tasida 30% gacha chegirma, 2 tasiga kirish bepul), 33 ta muzeylarga (19 tasida 30% gacha chegirma, 12 tasiga kirish bepul) kirish uchun imtiyozlar belgilangan.

"Shu o`rinda fuqarolarimizga sayohat davomida xavfsizlik va salomatligini asrash hamda sanitariya-gigiena qoidalariga qat`iy rioya etgan holda aholi gavjum va jamoat joylarida, umumiy ovqatlanish ob`ektlarida (restoran, kafe, oshxona, choyxona), shuningdek, mehmonxonalar, mehmon uylari va turizm maskanlarida (muzeylar, ziyoratgohlar va savdo majmualari) ijtimoiy masofani saqlash zarurligini eslatib o`tamiz" deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1