AsosiyMadaniyat

Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan Aleksandr Faynberg haqida hujjatli film suratga olinadi

'Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan Aleksandr Faynberg haqida hujjatli film suratga olinadi'ning rasmi

Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar studiyasi” DUK tomonidan O`zbekiston xalq shoiri Aleksandr Faynberg haqida hujjatli film suratga olinadi.

Mazkur film shoirning hayoti va ijodiga bag`ishlanadi. O`zbekiston Respublikasi Pezidentining tashabbusi bilan suratga olinayotgan Adiblar xiyobonida haykallari o`rnatilgan atoqli o`zbek shoir va yozuvchilari haqidagi "Xalq yuragi" turkum filmlaridan biri.

Rejissyor Aleksandr Gamirov, ssenariy muallifi Go`zal Pirjonova, operator Temur Abdullaev, ikkinchi rejissyor Gulnora Abdurahimova, kartina direktori Anastasiya Xavanskaya, rejissyor assistentlari Sirojiddin Raupov, Erjanbay Kurbaniyazov.

Hozirda filmni suratga olish uchun tayyorgarlik jarayonlari boshlangan. Ijodiy jamoa lokasiyalar bilan tanishib, syujet va intervyu epizodlari uchun rejissyorlik ssenariylari ustida ish olib bormoqda.

Boshqa yangiliklar