O`zbek kinosi tarixida ilk marta Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyga bo`yi 27 metr, eni 7,5 metr bo`lgan billbord o`rnatildi. Bu haqda shov-shuv.uz sayti xabar bermoqda.
Saytning yozishicha, o`zbek kinosi tarixida bunday - eng yirik billbord ilk marta o`rnatildi va bu ko`rinish sobiq "Panorama"ga o`zgacha ko`rinish baxsh etgan.

“Tarixiy kinozalning tashqi ko`rinishini boshqa billbordlar bilan yopib, uning ‘remonttalab’ligini sezdirmaslik ham mumkin ekan!”, deyiladi xabarda.
Ma`lumot uchun, Jahongir Ahmedovning “Majnun” filmi 7 martdan e`tiboran poytaxt kinoteatrlarida namoyish etiladi.





