Mamlakatimiz tibbiyot muassasalarida 3870 nafar bemor davolanmoqda, ularning 232 nafari og`ir, 69 nafari o`ta og`ir ahvolda. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
2021 yil 14 may holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 96368 (+251) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 5 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
- 5 nafari Andijon viloyatida,
- 2 nafari Buxoro viloyatida,
- 3 nafari Jizzax viloyatida,
- 2 nafari Navoiy viloyatida,
- 26 nafari Samarqand viloyatida,
- 5 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 1 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 6 nafari Xorazm viloyatida,
- 28 nafari Toshkent viloyatida,
- 168 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Buxoro viloyatida 3 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 5 nafar,
- Navoiy viloyatida 4 nafar,
- Namangan viloyatida 4 nafar,
- Samarqand viloyatida 153 nafar,
- Farg`ona viloyatida 6 nafar,
- Toshkent viloyatida 35 nafar,
- Toshkent shahrida 114 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 91831 (+324) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3870 nafar bemor davolanmoqda, ularning 232 nafari og`ir, 69 nafari o`ta og`ir ahvolda.






