Kecha, 14-may kuni soat 18-40 larda, IIB YHXB NQga kelib tushgan xabarga ko`ra, shu kuni soat 18-00 larda, “Marg`ilon shimoliy aylanma yo`li” avtomobil yo`lini 9-km hamda Axshak–Tog`liq avtomobil yo`lining 1-kmlari kesishgan tartibga solinmagan chorrahada Sherg`oziev “Matiz” rusumli avtomobilni boshqarib kelib ikkinchi darajali yo`ldan asosiy yo`lga chiqib yuborishi natijasida asosiy yo`lda harakatlanib kelayotgan Xosilovga ishonchnoma orqali boshqaruvga ruxsat berilgan “Neksiya” rusumli avtomobil bilan to`qnashib ketgan.
“Matiz” avtomobilida yo`lovchi bo`lgan, Toshloq tumanida istiqomat qilgan Po`latov voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, 1995-yilda tug`ilgan Toshloq tumanining Qo`rg`oncha MFYda yashovchi O`rinova “O`ng bilak qismi yopiq sinishi” tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Manba: Zamon.uz






