AsosiyJamiyat

Samarqandda bankomatni o`marmoqchi bo`lgan shaxs qo`lga olindi

'Samarqandda bankomatni o`marmoqchi bo`lgan shaxs qo`lga olindi'ning rasmi

15 may kuni tungi 02:00 da Samarqand viloyatida Milliy gvardiya Qo`riqlash boshqarmasi Ishtixon tumani bo`limi mas`ul xodimlari tomonidan videokuzatuv monitori orqali Xalq banki Ishtixon filialiga qarashli bankomat oldida noma`lum shaxsning qo`lida temir jism bilan turganligi aniqlangan. Bu haqda Milliy gvardiya Matbuot xizmati ma`lum qildi.

O`z vaqtida voqea joyiga etib borgan tuman Qo`riqlash xizmati tezkor guruh xodimlari tomonidan ushbu shaxs bankomat eshigini buzishga harakat qilayotgan vaqtida qo`lga olingan.

Olib borilgan dastlabki surishtiruv natijasida ushbu shaxs Ishtixon tumanida yashovchi 1996 yilda tug`ilgan fuqaro M.I. ekanligi ma`lum bo`lgan.

Hozirda holat yuzasidan tuman IIB tomonidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar