AsosiyJamiyat

Samarqandda 81 yoshli otaxon uyida giyohvandlik o`simligi etishtirayotganligi aniqlandi

'Samarqandda 81 yoshli otaxon uyida giyohvandlik o`simligi etishtirayotganligi aniqlandi'ning rasmi

7 may kuni Samarqand viloyati IIB xodimlari tomonidan «Qoradori-2021» tezkor-profilaktik tadbiri davomida, Payariq tumani «Eshimoqsoq» qishlog`ida yashovchi 81 yoshli A.ning yashash uyi ko`zdan kechirilganda, u erda 23 tup «Ko`knori» giyohvandlik o`simligi mavjudligi aniqlanib, xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan. Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Payariq tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Tergov jarayonida ushbu shaxs muqaddam ham mazkur modda bilan sudlanganligi aniqlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar