AsosiyDunyo

Isroil G`azodagi 11 qavatli binoni portlatdi(video)

'Isroil G`azodagi 11 qavatli binoni portlatdi(video)'ning rasmi

Isroilning to`rtta raketasi  G`azodagi  11  qavatli  binoga  urildi  va  osmono`par  bino  vayron  bo`ldi. 

G`azodagi o`n bir qavatli binoda, dunyoning bir nechta ommaviy axborot vositalari, aholi kvartiralari va tijorat kompaniyalarining ofislari joylashgan edi. Jumladan, Associated Press'ning mamlakat ofisi ham aynan shu binoda joylashgan edi.

Yuz bergan portlashdan necha kishi zarar ko`rgani va qurbonlar haqida hozircha ma`lumot yo`q.

G`azodagi Falastin radikal guruhlari va Isroil armiyasining o`zaro raketa hujumlari 10 maydan beri davom etmoqda. Ular Sharqiy Quddusdagi Al-Aqsa masjididagi tartibsizliklar ortidan Isroil sudining shayx Jarrahdagi uylarni u erda yashovchi arab oilalaridan tortib olish to`g`risidagi qarori yuzasidan boshlangan. So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, Isroil tomonida kamida 10 kishi, Falastin tomonida deyarli 140 kishi, shu jumladan 40 ga yaqin bolalar o`ldirilgan.

Ushbu davr mobaynida 500 dan ziyod uy-joy butunlay vayron qilingan va 3000 ga yaqin bino va ofislar jiddiy zarar ko`rgan. Xususan, 16 qavatli ko`p qavatli "Al-Shuruk", 14 qavatli Burj-Xanadiy ("Xanadiy minorasi"), 8 qavatli Burj al-Jauxara ("Jauxara minorasi") va sanoat banki butunlay yo`q qilingan.

Risolat MAXSIMOVA tayyorladi

    Boshqa yangiliklar