AsosiyJamiyat

Toshkentda O`zbekiston va Tojikiston o`rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo`yicha Hukumatlararo komissiyaning yig`ilishi bo`lib o`tdi

'Toshkentda O`zbekiston va Tojikiston o`rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo`yicha Hukumatlararo komissiyaning yig`ilishi bo`lib o`tdi'ning rasmi

Kecha Toshkentda O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov va Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri K.Rasulzodalar hamraisligida O`zbekiston va Tojikiston o`rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik bo`yicha Hukumatlararo komissiyaning 8-yig`ilishi bo`lib o`tdi.

Uchrashuvda ikki davlat etakchilari o`rtasidagi ochiq, ishonchli va konstruktiv muloqot ikki tomonlama munosabatlarni yangi strategik sheriklik darajasiga ko`tarish, ikki qardosh xalq o`rtasidagi do`stlik va o`zaro tushunish muhitini mustahkamlashga zamin yaratgani ta`kidlandi.

Tomonlar O`zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilda Tojikiston Respublikasiga amlga oshiriladigan tashrifiga tayyorgarlik ko`rish asnosida ikki mamlakat o`rtasidagi ko`p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish bilan bog`liq keng ko`lamli masalalarni muhokama qildilar.

Muzokaralar chog`ida savdo aylanmasini yanada ko`paytirish, uning hajmini yaqin yillarda 1 mlrd dollarga etkazish bo`yicha istiqbolli imkoniyatlar muhokama qilindi. Shu nuqtai nazardan sanoat kooperasiyasini mustahkamlash, tog` - kon va elektrotexnika sanoati, energetika va transport sohasidagi hamkorlikni kuchaytirish hamda hududlararo aloqalarni yanada rivojlantirish bo`yicha qo`shma chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Qishloq xo`jaligi mashinasozligi, avto va temir yo`l infratuzilmasini rivojlantirish va modernizasiya qilish sohalarida qator investisiyaviy loyihalarni amalga oshirishga birgalikda tayyorgarlik ko`rish bo`yicha kelishuvlarga erishildi.

Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo`yicha Hukumatlararo komissiya yig`ilishi yakunida uning davomida erishilgan muhim kelishuvlar va kelgusi ko`pqirrali sheriklikning asosiy yo`nalishlarini aks ettiruvchi bayonnoma imzolandi. Shuningdek, O`zbekistonga tashrif davomida Tojikiston delegasiyasi bir qator sanoat korxonalari va ob`ektlarida bo`ldi.

 

    Boshqa yangiliklar