AsosiyJamiyat

«Ipak yo`li» xalqaro turizm universitetida o`quv ishlari bo`yicha prorektor tayinlandi

'«Ipak yo`li» xalqaro turizm universitetida o`quv ishlari bo`yicha prorektor tayinlandi'ning rasmi

Samarqand shahridagi «Ipak yo`li» xalqaro turizm universitetining o`quv ishlari bo`yicha prorektor lavozimiga professor Raymond Jozef Xoffman tayinlandi.

Janob R.J.Hoffman - madaniy turizm va meros, shuningdek, dinshunoslik sohasida yuqori tajribaga ega bo`lgan salohiyatli mutaxassis. U AQShning «Harvard», Buyuk Britaniyaning «Oksford», Germaniyaning «Heidelberg» universitetlarida tahsil olib, MTS magistri, tarix va arxeologiya fanlari bo`yicha doktorlik darajasiga ega bo`lgan.

Shu bilan birga, R.J.Hoffman Buyuk Britaniyadagi «Kembrij» va AQSh`ning «Kornell» kabi dunyoning etakchi universitetlarida ilmiy ishlar bo`yicha boshqaruv lavozimlarida ham faoliyat yuritgan.

Hoffman Osiyo jamiyati (UNESKO) tomonidan homiylik qilingan «Religions of the Silk Road. A History of Cultural Interchange from the Death of Alexander to the Islamic Renaissance» tadqiqot loyihalarida «Oksford» universiteti nashriyotida bosh muharrirlik qilgan. Uning muallifligi ostida - 9 ta va muharrirligida - 7 ta monografiya hamda 273 ta ilmiy, ensiklopedik maqola va sharhlar chop etilgan.
 

    Boshqa yangiliklar