Siz chet elda yollanib ishlagan yoki ishlayotgan bo`lsangiz pensiya hisoblash uchun olinadigan ish haqi quyidagicha aniqlanadi:
- 2019 yil 1 yanvarga qadar bo`lgan davr uchun – Pensiya jamg`armasiga to`langan sug`urta badallarining miqdoridan;
- 2019 yil 1 yanvardan 2019 yil 31 dekabrga qadar bo`lgan davr uchun – to`langan yagona ijtimoiy to`lov miqdoridan;
- 2020 yil 1 yanvardan – to`langan ijtimoiy soliq miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.






