1

«Andijonda 5 oylik kelinchak nomusiga tegishdi» sarlavhali video yuzasidan izoh berildi

Jamiyat 16.05.2021, 16:52
«Andijonda 5 oylik kelinchak nomusiga tegishdi» sarlavhali video yuzasidan izoh berildi

«Andijonda 5 oylik kelinchakning nomusiga tegishdi» sarlavhali videolavha tarqaldi.

Holat yuzasidan IIV izoh bergan.

2021 yilning 13 may kuni fuqaro O.O “102” qisqa raqamiga murojaat qilib, shu kuni soat 14:00 larda Andijon tumani, Qoraqolpoq MFYda joylashgan dala shiyponida fuqarolar S.A va O.M.lar unga nisbatan zo`rlik ishlatib jinsiy aloqada bo`lishganligini ma`lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan hodisa sodir bo`lgan joyga Andijon tumani IIB huzuridagi tergov bo`limi rahbarligidagi tergov-tezkor guruhi voqea joyiga chiqib, hodisa sodir bo`lgan joy ko`zdan kechirilgan va videotasvirga olingan.

Tergovga qadar tekshirish harakatlarini to`laligini ta`minlash maqsadida O.O.ga tegishli bo`lgan qizil qora rangli ayollar ko`ylagi va boshqa kiyimlari daliliy ashyo tariqasida holislar ishtirokida olingan.

Mazkur holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi, sudga oid boilogik ekspertiza va sudga oid fizika-texnikaviy ekspertizasi tayinlangan. Hozirda ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1