1

Namanganda plastik kartadan pullarni yashirincha echib olgan fuqaro qo`lga olindi

Jamiyat 16.05.2021, 20:42
Namanganda plastik kartadan pullarni yashirincha echib olgan fuqaro qo`lga olindi

17 aprel kuni, Namangan viloyati Yangiqo`rg`on tumanida yashovchi, 1992 yilda tug`ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 20 fevral kunidan shu yil 15 aprel kunigacha bo`lgan vaqt oralig`ida  unga tegishli ATB “Agrobank” Yangiqo`rg`on tumanidan berilgan “Xumo plastik” kartasidan noma`lum shaxs, jami 1.278.637 so`m pullarni yashirin ravishda echib olganligini ma`lum qilib, chora ko`rishni so`ragan.

Yangiqo`rg`on tumani IIB JQB tezkor vakili tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Yangiqo`rg`on tumanida yashovchi, 1992 yilda tug`ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo`yicha Yangiqo`rg`on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 12 may kuni O`z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1