1

Poytaxt tumanlaridan birida 5 kunga issiq suv o`chiriladi

Jamiyat 16.05.2021, 20:54
Poytaxt tumanlaridan birida 5 kunga issiq suv o`chiriladi

17-21 may kunlari “Toshissiqquvvati” DUK ning bahorgi profilaktik tadbirlari doirasida rejaga asosan 2-Issiqlik markazida ta`mirlash ishlari olib boriladi. Bu haqda DUK Matbuot xizmati xabar berdi.

Shu sababdan quyidagi manzillarga issiq suv ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi:

•    Qorasu 1,2,3,4,6 mavzelarida;
•    Bo`z-2 mavzesida;
•    Feruza mavzesida;
•    Gyote ko`chasida;
•    F.Xo`jaev ko`chasida;
•    Zulayho ko`chasida;
•    Intizor ko`chasida;
•    Do`rmon yo`li ko`chasida;
•    M.Ulug`bek ko`chasida;
•    Qodirov (Feruza) ko`chasida.

Shuningdek , Oltintepa va Chaxbud ko`chalari kesishmasidagi quvurlarning yopqichlari almashtiriladi. Shu munosabat bilan 17 may soat 09:00 dan 18 may soat 09:00 ga qadar quyidagi manzillarda ham issiq suv ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi:

•    Oltintepa ko`chasida;
•    To`rtariq ko`chasida;
•    Angren ko`chasida;
•    Salom ko`chasida;
•    Amudaryo ko`chasida;
•    Sirdaryo ko`chasida;
•    Chirchiq ko`chasida;
•    Bo`zariq ko`chasida;
•    Lomonosov ko`chasida;
•    Arxeologiya ko`chasida;
•    Oltintepa 4,5-tor ko`chaslarida;
•    Qizilsuv ko`chasida;
•    Podshobog` ko`chasida;
•    Hirmontepa 1,2,3,4-tor ko`chalarida;
•    Quduqboshi ko`chasida;
•    Mirhosilboy ko`chasida;
•    Parkent ko`chasida.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1