1

Qashqadaryoda qo`y-qo`zilarni bo`g`izlab ketgan noma`lum hayvon o`ldirildi

Jamiyat 16.05.2021, 22:10
Qashqadaryoda qo`y-qo`zilarni bo`g`izlab ketgan noma`lum hayvon o`ldirildi

14 may kuni Qamashi tumani «Boburtepa» mahallasi Pasttol qishlog`ida noma`lum hayvon mahalliy aholi vakillari tomonidan urib o`ldirildi. Bu haqda «Nasafnews» xabar berdi.

Ma`lum bo`lishicha, hayvon qishloqdagi qo`y-qo`zilarni ko`p marotaba bo`g`izlab ketgan. Aholi esa buning sababini bilmagan.

Manba ushbu xabar yuzasidan «Boburtepa» mahallasi raisi Najim Norboevdan qo`shimcha ma`lumot oldi. Rais noma`lum maxluqni «Chupakabra» deb taxmin qildi.

«Qishloqda 10 talar qo`zini edi birinchi. Bizlar kuchuk eganmi deb, ushlay olmay yurgandik. Fuqarolarimizdan birining hovlisiga kirganda, ushlab kecha hayvonni o`ldirishibdi», – deydi rais.

Eslatib o`tamiz, joriy yil mart oyining so`nggi kunlarida Kasbi tumanida ham shunga o`xshash voqea sodir bo`lgandi. Qo`y va echkilarni bo`g`izlab ketayotgan noma`lum hayvon odamlar tomonidan o`ldirilgandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1