1

Qo`qon shahar IIO FMB YHXB inspektori bilan pora evaziga kelishmoqchi bo`lgan shaxs qo`lga tushdi

Jamiyat 17.05.2021, 08:51
Qo`qon shahar IIO FMB YHXB inspektori bilan pora evaziga kelishmoqchi bo`lgan shaxs qo`lga tushdi

Joriy yilning 29 mart kuni fuqaro T.I Qo`qon shahar IIO FMB YHXB inspektori O.I.ga murojaat qilib, o`ziga nisbatan to`plangan hujjatlar yuzasidan chora ko`rmaslik evaziga 400 AQSh miqdoridagi pullarni pora tariqasida taklif qilgan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi. 

Fuqaro T.I.ga Qo`qon shahar IIO FMB YHXB inspektori O.I tomonidan huquq va majburiyatlari tushuntirilib, harakatida pora berish jinoyati borligi va jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida bir necha marotaba ogohlantirilib, jinoyatdan qaytarishga harakat qilinishiga qaramasdan, fuqaro pora taklif qilishda davom etgan. 

Holat yuzasidan, O`zbekiston Respublikasi IIV O`XB Farg`ona viloyati bo`yicha bo`limi, IJQK Departemantining Qo`qon shahar bo`limi hamda Qo`qon shahar IIO FMB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro T.I Qo`qon shahar IIO FMB YHXB inspektori O.I.ga 300 AQSh dollari miqdoridagi pullarni Qo`qon shahar IIO FMB YHXB binosidagi xizmat xonasiga kelib, pora tariqasida bergan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlanib, ushbu pullar xolislar ishtirokida daliliy ashyo tariqasida rasmiylashtirib olindi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda prosessual hujjatlar rasmiylashtirilib, Qo`qon shahar prokuraturasiga yuborildi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1