AsosiyDunyo

Gresiya va Makedoniya chegarasida o`n minglab qochoqlar to`planib qoldi

Yaqin Sharqlik muhojirlar yana Gresiya va Makedoniya chegarasidan o`tadigan temiryo`lni to`sib qo`yishga harakat qilishdi. Qochoqlar relsga yotib, yuk poezdini to`xtatishdi. Ular qochoqlarning Evropa Ittifoqiga etib borish uchun qilayotgan harakatlarini to`xtatib qo`ygan Makedoniya hukumati siyosatiga qarshi isyon ko`tarishdi. Chegaraga o`n mingga yaqin qochoq to`plangan, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.

Grek-makedon chegarasidan 20 kilometr uzoqlikda “baxtsiz bolalik chegarasi” boshlanadi. Bu erda joylashgan yonilg`i quyish shaxobchalarida qochoqlar nogiron bolalari bilan istiqomat qilishadi. Ular bemor bolalarini sanitariya qonun-qoidalariga zid bo`lgan “katta lager”larga olib borishni istashmaydi. Suriyalik qochoq Essam Ibragim Alnajem “katta lager”da yashash uchun sharoit yo`qligini, birov-birovga yordam bermasligini, bu erda esa har qalay, og`ir ahvoldagi o`g`lini vrach nazorat qilishini bildirdi. Mazen Otman ismli qochoqning to`rt yashar o`g`li Uayya og`ir o`pka kasalligiga chalingan. U oxirgi paytlarda palatkaning sovuqligiga, safarlarga dosh bera olmayapti. Bolaning otasi uni davolatish uchun Turkiyaga, Iroqqa olib borgan, ammo davolanish uchun katta pul kerakligi sababli bolasini davolata olmagan. Endi uning barcha umidi Germaniyadan, agar o`g`lini Germaniyaga olib borolsa, ularning bepul davolashidan umid qilmoqda. Qochoqlardan kimdir dala, kimdir yo`l orqali, puli borlari taksi kira qilib, yo`lga tushgan. Chegaraga poezd yaqinlashishi bilan yuzlab qochoqlar relsga o`tirib olishadi. Ammo bu norozilik namoyishi tinch yo`l bilan hal etilmoqda.

    Boshqa yangiliklar