2021 yil 17 may kuni soat 10:00da Surxondaryo viloyati Termiz shahar S.Termiziy ko`chasida joylashgan 6-umumta`lim maktabida yong`in sodir bo`lgan.
FVV axborot xizmati ma`lum qilishicha, hodisa joyiga Termiz shahar Favqulodda vaziyatlar bo`limining 6 ta yong`in-qutqaruv guruhlari soat 10:05da etib borishib, soat 10:15da yong`in qurshab olingan va soat 10:40da to`liq bartaraf etilgan.
Yong`in natijasida bino 2-qavatining taxminan 120 kv.m maydonda ichki va tom qismi yonib zaralangan.
Yong`inning kelib chiqish sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.
Yong`in oqibatida tan jaroxat olganlar yo`q.






