AsosiyJamiyat

Avtomobilda yo`lovchi tashishni tartibga solish soddalashtiriladi

'Avtomobilda yo`lovchi tashishni tartibga solish soddalashtiriladi'ning rasmi

“Avtomobil transportida yo`lovchilar tashish faoliyatini tartibga solishni yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–5108-son, 07.05.2021 y.) qabul qilindi

Qarorga ko`ra, 2021 yil 15 maydan 2022 yil oxirigacha avtomobilda yo`lovchi tashish faoliyatini tartibga solishni soddalashtirish bo`yicha eksperiment o`tkaziladi. Bunda:

  •  yo`lovchilarni haydovchidan tashqari to`rttadan ortiq bo`lmagan o`rindiqlarga ega bo`lgan engil avtotransportlarda tashish yakka tartibdagi tadbirkorlar shug`ullanishi mumkin bo`lgan faoliyat turlari ro`yxatiga kiritiladi;
  •  yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yo`lovchilarni engil avtotransportlarda tashish lisenziya varaqasiga asosan amalga oshiriladi;
  •  lisenziya varaqasi 21 yoshga to`lgan va boshqaruvida arizani berish vaqtida 10 yildan ortiq bo`lmagan vaqt davomida ekspluatasiya qilinayotgan avtomobil mavjud bo`lgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga “Lisenziya” axborot tizimi orqali beriladi;
  • avtomobilda yo`lovchilarni tashish bilan shug`ullanadigan yakka tartibdagi tadbirkorlar “Akkreditasiya markazi” DUKda akkreditasiyadan o`tgan texnik xizmat ko`rsatish stansiyalarida 6 oyda kamida 1 marotaba transport vositasini texnik ko`rikdan o`tkazishi shart;
  • yakka tartibdagi tashuvchilar lisenziyaga ega korxonalarda hamda yo`lovchi tashuvchilarga mijozlarni izlash bo`yicha interaktiv xizmatlarni ko`rsatuvchi tadbirkorlar (agregatorlar) tomonidan tashkil qilingan maxsus tekshiruv punktlarida oylik tibbiy ko`rikdan o`tishi shart;
  • yakka tartibdagi tashuvchilarga yo`lovchilarni avtomobil transportida tashish faoliyati doirasida xodimlarni ishga yollashga ruxsat etilmaydi;
  •  2021 yil 1 sentyabrgacha yakka tartibdagi tashuvchilarni davlat ro`yxatidan o`tkazganlik uchun davlat boji undirilmaydi;
  •  yakka tartibdagi tashuvchilardan lisenziya varaqasi berilganligi uchun davlat boji yiliga BHMning bir barobari miqdorida undiriladi. Bunda davlat xizmatlarini ko`rsatganlik uchun yig`im undirilmaydi;
  •  yakka tartibdagi tashuvchilar qat`iy belgilangan miqdorda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`ini 3 tonnagacha yuk ko`tarish imkoniyatiga ega avtomobil transportida yuklarni tashish faoliyati bilan shug`ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan stavkada to`laydi.

    Boshqa yangiliklar