AsosiyJamiyat

Rossiyadagi o`zbekistonliklarning 226 ming rubldan ortiq ish haqlari undirib berildi

'Rossiyadagi o`zbekistonliklarning 226 ming rubldan ortiq ish haqlari undirib berildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasining Rossiya Federasiyasi Ekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasi va Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi vakolatxonasiga ish haqlarini undirib berish bo`yicha murojaat kelib tushgan.

Mazkur murojaat mamlakatimizning Ekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasi va Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi vakolatxonasi xodimlari tomonidan o`rganilgan. O`rganishlar natijasida Ekaterinburg shahridagi tashkilotlardan birida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirib kelgan vatandoshlarimiz M.Sa`dullaeva, N.Mardonova, U.Sapaeva, S.Komilova, U.Mahkamovalarning 226 ming 533 rubl miqdoridagi ish haqlari undirib berilgan.

    Boshqa yangiliklar