Toshkentda 87 yoshli onasini ayovsiz kaltaklagan qizi va nabirasiga Toshkent shahar IIBB tomonidan keksa ayolga badan shikastlari etkazilgani bilan bog`liq fakt bo`yicha chora ko`rilgani, xususan, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 110 moddasi 2 qismi “a” bandi (ojiz ahvoldaligi aybdorga ayon bo`lgan shaxsni qiynash) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgani haqida xabar berilgan edi.
Toshkent shahar IIBBning ma`lum qilishicha, 3-son ichki ishlar bo`limida jabrlanuvchining qizi 57 yoshli Saodat G. va nabirasi 32 yoshli Sevara G.lar ishtirokida mazur holat muhokamasi o`tkazilgan. Muhokama davomida jabrlanuvchining qizi va nabirasi badan shikastlariga aloqadorliklarini inkor etib, Toza G.ning o`zi bir necha bor yiqilganini aytishgan. Barcha tafsilotlar IIBB xodimlari tomonidan o`rganilib chiqilgach, keksa ayolga himoya orderi berishga qaror qilingan. Uning qizi va nabirasi esa mazkur hujjat qoidalarini buzish oqibati haqida ogohlantirilgan.
Jinoyat ishi bo`yicha tergov davom etmoqda.






