Sog`liqni saqlash vazirining tegishli buyrug`i bilan Islamov Miralisher Sadriddinovich Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
U faoliyati davomida Toshkent tibbiyot instituti 1-klinikasi bo`lim boshlig`i, ushbu klinikaning Xirurgiya bo`limi bosh mutaxassisi, davolash ishlari bo`yicha bosh shifokor o`rinbosari, bosh shifokori, shuningdek, “AKFA MEDLINE” MChJ da tibbiyot texnologiyalari bo`yicha maslahatchi lavozimlarida ishlagan. Bundan tashqari, u Toshkent shahar sog`liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig`i vazifasida ham faoliyat yuritgan.
Tibbiyot fanlari doktori Miralisher Islamov tayinlovdan avval Qurilish vazirligi bosh ekspertizasi, tibbiyot texnologiyasi bo`yicha bosh mutaxassis lavozimida ishlab kelgan.






