AsosiyJamiyat

Toshkentda bedarak yo`qolgan shaxs qidiruvga berildi

'Toshkentda bedarak yo`qolgan shaxs qidiruvga berildi'ning rasmi

1995 yilda tug`ilgan Kuznesova Viktoriya Sarvarovna joriy yilning 4 may kuni soat taxminan 21.30 da Sergeli tumani, Uchuvchilar shaxarchasida joylashgan uyidan chiqib, qaytib kelmagan.  Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.

Xabarga ko`ra, qidiruvdagi shaxsning bo`yi 165-170 sm, o`rtacha gavdali, sochi qora uzun.  

Egnida: kul rang futbolka, qora jinsi shim, oyogida krossovka bo`lgan.

"Hurmatli fuqarolar! Agar siz Kuznesova Viktoriya haqida biron bir ma`lumotga ega bo`lsangiz, yaqin atrofda joylashgan ichki ishlar bo`limiga yoki 102 raqami orqali xabar berishingizni so`raymiz",–deyiladi IIBB xabarida.

Boshqa yangiliklar