Namangan viloyati hududidagi Namangan-Chortoq bekatlari oralig`idagi 108 km 7-piketda joylashgan Chortoqsoy temir yo`l ko`prigida temir beton ko`prigining qayta ta`mirlanishi munosabati bilan Namangan-Chortoq bekatlari oralig`ida poezdlar qatnovi vaqtinchalik to`xtalishi ma`lum qilindi.
Toshkent-Namangan-Andijon yo`lovchi poezdlari qatnovi Toshkentdan-Namangangacha va Qo`qon-Namangan-Andijon shaharlararo elektro poezdi Namangan bekatigacha qo`yilishi hamda yuk va yo`lovchi tashish poezdlarning shakllantirish rejasiga vaqtincha o`zgartirishlar kiritilishi ma`lum qilinadi, - deya xabar qiladi viloyat Transport boshqarmasi axborot xizmati.