1

Andijonda zo`rlangan kelin ishini Senat o`z nazoratiga oldi

Jamiyat 17.05.2021, 19:35
Andijonda zo`rlangan kelin ishini Senat o`z nazoratiga oldi

Andijon viloyati Andijon tumani “Qoraqalpoq” MFY hududidagi Zaripak ko`chasida joylashgan dala shiyponida besh nafar erkak 18 yoshli kelinni zo`rlagani va jabrlanuvchi qonunbuzarlarga nisbatan chora ko`rilishini so`rab murojaat qilgani haqidagi xabar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi. 

Mazkur holat yuzasidan  Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo`mitasi tomonidan nazoratga olindi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati ma`lum qildi.

Shuningdek, 2021 yil 17 may kuni Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan o`rnatilgan tartibda qo`mitaga dastlabki ma`lumotlar taqdim etildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, Andijon viloyati IIB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.  

Mavzuga doir:

Andijonda 5 oylik kelinni zo`rlaganlar qonun oldida javob beradi – hokimlik

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1