1

Bedarak yo`qolgan buxorolik bolakay 2 yildan so`ng topildi. Ma`lum bo`lishicha u...

Jamiyat 17.05.2021, 19:45
Bedarak yo`qolgan buxorolik bolakay 2 yildan so`ng topildi. Ma`lum bo`lishicha u...

Fuqarolik ishlari bo`yicha Buxoro viloyati Romitan tumanlararo sudining 2019 yil 30 oktyabrdagi 2014 yilda tug`ilgan voyaga etmagan Muhiddinov Amirxonni qarzdor fuqaro R.Abidovdan undiruvchi fuqaro L.Nurulloeva tarbiyasiga majburiy tartibda olib berish to`g`risidagi ijro hujjati 2019 yil 5 noyabrda Byuroning Jondor tumani bo`limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro harakatlariga kirishilgan.

– Majburiy ijro harakatlari davomida olib berilishi lozim bo`lgan bolaning turar joyi haqida ma`lumotlar bo`lmaganligi va otasi hamrohligida Rossiya davlatiga chiqib ketganligi aniqlangan, – deydi MIB Buxoro viloyati boshqarmasi qidiruv sho``basi inspektori Anvar Salimov. – MIB Jondor tumani bo`limi davlat ijrochisi tomonidan voyaga etmagan A.Muhiddinovga qidiruv e`lon qilingan.

Olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasida voyaga etmagan A.Muhiddinov Rossiya davlatidan topildi. O`zbekistonga olib kelindi va onasi fuqaro L.Nurullaevaga qaytarildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1