1

Pastdarg`omda kanaldan murdasi topilgan 17 yoshli qiz avvalroq bedarak yo`qolgan edi — Samarqand viloyati prokuraturasi holat yuzasidan bayonot berdi

Jamiyat 17.05.2021, 20:35
Pastdarg`omda kanaldan murdasi topilgan 17 yoshli qiz avvalroq bedarak yo`qolgan edi — Samarqand viloyati prokuraturasi holat yuzasidan  bayonot berdi

Avvalroq, Samarqand viloyati Pastdarg`om tumanida kanaldan 17 yoshli qizning murdasi popilgani haqida xabar qilgan edik. Samarqand viloyati prokuraturasi holat yuzasidan Rasmiy bayonot berdi.

2021 yil 11 may kuni Pastdarg`om tumani, “Chandir” mahallasida yashovchi R.X. tuman prokuraturasiga ariza bilan murojaat qilib, voyaga etmagan 2004 yilda tug`ilgan S.X. yashash uyidan chiqib ketib, qaytib kelmasdan bedarak yo`qolganligini bildirib, uni topishga amaliy yordam so`ragan.

Tuman prokuraturasi boshchiligidagi tergov-tezkor guruhi tomonidan zudlik bilan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida 12 may kuni S.X.ning murdasi tumanning “Do`stlik” mahallasi hududidan oqib o`tuvchi “Eski Anhor” kanalidan topilgan.  

S.X.ning bedarak yo`qolib, o`lik holatda topilganligini holati yuzasidan xizmat tekshiruvlari va sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlanib, voqeani bevosita guvohi bo`lgan yoki undan xabardor bo`lgan shaxslar doirasini aniqlash va ulardan tushuntirish olish ishlari olib borilmoqda.  

Sud tibbiy ekspertizasining dastlabki ma`lumotiga ko`ra, marhumaning o`limi, suvga cho`kishdagi mexanik asfiksiyadan kelib chiqqanligi, S.X.ning qizlik pardasi butunligi, buzilmaganligi, qizlik pardasini buzmasdan turib jinsiy aloqa qilishning imkoni yo`qligi, shuningdek, marhumaning jinsiy a`zolarida tan jarohatlari aniqlanmagan.  

Hozirda, holat bo`yicha Pastdarg`om tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda, tekshiruv harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1