1

Namangan viloyatinining gaz ta`minoti to`xtatiladi

Jamiyat 17.05.2021, 21:51
Namangan viloyatinining gaz ta`minoti to`xtatiladi

2021 yil 18 may  kuni “Hududgaz Namangan” gaz ta`minoti filialining “Namanganshahargaz” gaz ta`minoti bo`limi tomonidan shahar hududidagi Janubiy aylanma yo`lida joylashgan gaz taqsimlash shoxobchasidan chiquvchi gaz tarmog`ini gidravlik tizimini yaxshilash hamda gaz tarmog`i qurilmalarini 2021-2022 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlash uchun ta`mirlash ishlari rejalashtirilgan.

Viloyat hokimligi Axborot xizmati xabariga ko`ra, shu munosabat bilan “Namangan 2” gaz taqsimlash shoxobchasidan gaz bilan ta`minlanuvchi  Namangan shahrining “ok “Sharshara”(Ko`p qavatli uylar) MFY hududlariga hamda Namangan tumanidagi “Qumqo`rg`on”, “G`alcha”, “Ravnaq” MFYlar o`ramidagi aholi xonadonlari  va ulgurji iste`molchilar uchun 2021 yil 18 may kuni soat 08:00 dan 19 may kuni 08:00 ga qadar gaz ta`minoti vaqtinchalik to`xtatiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1