Mirzo-Ulug`bek tumani ichki ishlar organlariga 33 yoshli Aziz U. murojaat qilib, joriy yilning 15 yanvar kuni unga mebel yasab berishni va`da qilgan va ishi uchun 11.500.000 so`m olib, va`dasida turmagan 35 yoshli Xasan N.ga nisbatan chora ko`rishni so`radi.
Mazkur fakt asosida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi («Firibgarlik») bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atildi.






