AsosiyJamiyat

Angrendagi uysiz hayvonlarni ushlash xizmati xodimlarining noo`rin harakatlari sabablari o`rganildi

'Angrendagi uysiz hayvonlarni ushlash xizmati xodimlarining noo`rin harakatlari sabablari o`rganildi'ning rasmi

17 may kuni qarovsiz hayvonlarni himoya qilish bo`yicha faollar guruhi, «Mehr va Oqibat» nodavlat tashkiloti Angren shahridagi uysiz hayvonlarni ushlash xizmati xodimlarining noo`rin harakatlari sababli o`zining  telegram  kanalida murojaat qilishgan.

Ushbu holat Angren shahar IIB tomonidan o`rganilib, tegishli chora ko`rildi, deya xabar bermoqda IIBB Axborot xizmati.

Xususan, surushtiruv davomida Angren shahar 5/4 dahasi 4 uyda joylashgan shahar Obodonlashtirish boshqarmasi huzuridagi Egasiz yovvoyi va qarovsiz hayvonlarni ushlash bo`limi va ushbu boshqarma rahbari B.Mamataliev va uning qo`l ostida ishlovchi T.Aminov, T.Stanislav va O.Polyanskayalar bilan holat yuzasidan surishtiruv o`tkazildi.

Ushbu fuqarolarning xatti-harakatida O`zbekiston Respublikasining MJtKning 111-moddasida ko`rsatilgan huquqbuzarlik mavjudligi sababli, boshqarma boshlig`i B.Mamatalievga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi. Xizmat xodimlariga kelgusida o`z xizmat vazifasidan chetga chiqmasdan xizmat olib borishlari haqida qattiq ogohlantirildi.

Shuningdek, olingan ma`lumotga ko`ra Olmaliq shahrida bu kabi holat kuzatilmagan.

Ma`lumot o`rnida:

O`zbekiston Respublikasining MJtKning 111-moddasi «Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo`lish»

Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo`lish, ularning o`limiga yoxud mayib bo`lishiga olib kelsa, xuddi shuningdek hayvonlarni qiynash, — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo`ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma`muriy jazo chorasi qo`llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo`lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o`n besh sutkagacha ma`muriy qamoqqa olishga sabab bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar