AsosiyJamiyat

Qoraqalpog`istondagi musiqa festivalida sayyoh ayollar yalang`och holda raqsga tushgani aytilgan videoga izoh berildi

'Qoraqalpog`istondagi musiqa festivalida sayyoh ayollar yalang`och holda raqsga tushgani aytilgan videoga izoh berildi'ning rasmi

Tarmoqlarda tarqalgan nojo`ya videolar «Stixiya» elektron musiqa, madaniyat va ilm festivalidan olinmagan

Turizm va sport bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar berishicha, festivalda Rossiya, Qozog`iston, Turkiya va Qirg`izistondan kelgan musiqiy prodyuserlar, musiqachilar va DJlar ishtirok etishdi.  

Forumda, shuningdek, O`zbekiston va Rossiya olimlari, ekologlari, mutaxassislari hamda 300 nafarga yaqin sayohlar qatnashdi.

Festival doirasida «6 milliard daraxt» ijtimoiy aksiyasi o`tkazilib, uning davomida Mo`ynoq shahrida 5 mingdan ortiq daraxt ekish ko`zda tutilgan. Ushbu loyihadan ko`zlangan maqsad mintaqadagi ekologik vaziyatni yaxshilash uchun qurg`oqchilikka chidamli bo`lgan buta va mevali daraxtlarni Mo`ynoq shahri hamda Orol dengizining pastki qismida bosqichma-bosqich ekishga yo`naltirilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda mazkur festival davomida bo`lganligi aytilayotgan yalong`och holda o`ynayotgan qizning videolari tarqalmoqda.

Festivalda Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan jamoat, yo`l harakati va yong`in xavfsizligi ta`minlandi hamda ishtirokchilarning sanitariya-gigiena qoidalariga amal qilinishi nazorat qilindi.

Tarmoqlarda tarqalgan nojo`ya videolar «Stixiya» elektron musiqa, madaniyat va ilm festivalidan olinmagan.

    Boshqa yangiliklar