Polsha prezidenti Anjey Duda o`tirgan limuzin mamlakat janubidagi avtomagistralda avtohalokatga uchradi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.
YTH A4 avtomagistralida sodir bo`ldi. Duda o`z qarorgohiga ketayotgan paytda u o`tirgan limuzinning g`ildiragi yorilib ketadi, shundan so`ng avtomobil yo`l chetidagi ariqqa tushib ketadi. Ko`ngilsiz hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Prezidentning aytishicha, avtomobil birdan boshqaruvni yo`qotgan. Biroq tajribali haydovchining o`z vaqtida kerakli harakatlarni amalga oshirgani sabab, YTH jiddiy talofatlarsiz yakunlangan. Prezident apparati ma`muriyatining ta`kidlashicha, mamlkat rahbari o`tirgan limuzin harakatlanishidan oldin sinchkovlik bilan tekshirilgan va avtomobil g`ildiragida kamchiliklar aniqlanmagan.
Polsha hukumati muhofazasi byurosi mamlakat rahbari bilan sodir bo`lgan yo`l-transport hodisasi tafsilotlarini o`rganishga kirishgan.





